Dekstrozani konservativ yuborish parenteral oziqlantirish bilan bog’liq bo’lgan giperglikemiya havfini kamaytiradi

Ilova: https://www.pharmacypracticenews.com/Online-First/Article/03-22/Conservative-Dextrose-Administration-Reduces-PN-Related-Hyperglycemia-Risk/66550

ASPEN 2022 Parenteral oziqlantirish bo’yicha ilmiy amaliy konferentsiyada taqdim etilgan natijalarga ko’ra, dekstroza infuziyasining konservativ dozalari, kasalxonada parenteral oziqlantirish olayotgan katta yoshdagi va semizligi mavjud bo’lgan bemorlarda giperglikemiya kelib chiqishi havfini kamaytiradi.

“Giperglikemiya – parenteral oziqlantirish olayotgan har qanday bemorda kuzatilishi mumkin bo’lgan metabolik asorat hisoblanadi. Lekin kasalxonada yotgan semizligi bor katta yoshdagi bemorlarda, glyukozani ko’tara olmaslik va yuqori insulinrezistentlikni hisobga olganda – yuqori havf ostida qolishi mumkin”- deydi Аnjela Bengem, tibbiyot fanlari doktori, Filadelfiya farmatsevtik kolledji, klinik farmakologiya kafedrasi dotsenti va rais o’rinbosari.

Gospitalizatsiya bo’lgan parenteral oziqlantirishni boshlagan katta yoshdagi bemorlarda semizlikning glikemik nazoratga ta’sirini aniqlash maqsadida, doktor Bingem va uning hamkasblari 2013 yildan 2021 yilgacha kasalxonaga yotkazilgan, kamida ikki kun ketma-ket parenteral oziqlantirish olgan 646 ta katta yoshli bemorlarni retrospektiv ravishda o’rganib chiqdilar. Guruhga tana vazni indeksi(TVI) kamida 30kg/m2 bo’lgan 205 semiz bemor kiritildi; semirib ketgan va semirib ketmagan bemorlar uchun o’rtacha tana vazni indeksi mos ravishda 35,55 va 23,85 kg/m2ni tashkil etadi. Tadqiqotchilar giperglikemiya ko’rsatkichini: qondagi glyukoza darajasini 200mg/dl dan yuqori deb aniqladilar.

Doktor Bingemning ta’kidlashicha, semirib ketgan bemorlar semirib ketmaganlarga qaraganda yoshroq (o’rtacha yoshi 58 va 62 yosh), og’ir kasalliklarga(42% va 29,7%) va qandli diabetga (35,6% va 18,1%) ko’proq moyil bo’lgan va zardobdagi kreatinin darajasi yuqori bo’lgan (o’rtacha 0,84% – 0,76 mg/dlga qarshi) (R<0,05 hamma uchun). Deyarli barcha bemorlar markaziy yo’l bilan parenteral oziqlantirilgan.

Semizligi bor bemorlarda dekstroza infuziyasining tezligi semizligi yuq bemorlarga nisbatan pastroq bo’lib, birinchi kuni minutiga 1,66 va 1,92mg/kg tashkil qilgan (R<0,0001) va ikkinchi kuni minutiga 2,62 va 2,79mg/kg (R=0,0003).

Doktor Bingem uchrashuv ishtirokchilariga giperglikemiya epizodlari parenteral oziqlantirishning 1 va 2 chi kunlarida ikkala guruhda ham kam uchraganini, ammo semizligi bor bemorlarda sezilarli darajada tez-tez uchrab turishini ma’lum qildi.(0,89 va 0,52; R<0,05).

Biroq, potentsial havf omilining ko’p faktorli tahlili: bemorning yoshi, havfli kasalliklari, Charlsonning komorbidik indeksi, serebrovaskulyar kasalliklar, qandli diabet, zardobdagi kreatinin miqdori va kreatinin klirensi, zardobning osmolyarligi, boshlang’ich giperglikemiya va makronutrientlar bilan ta’minlangalik ko’rsatkichlari shuni ko’rsatdiki, semirish – giperglikemiya epizodlarining mustaqil prediktori emas (koeffitsent nisbati [OR] 1- kun uchun 1,047; 95% CI 0,639-1,717; R=0,8551 va OR 2-kuniga 0,964; 95% CI 0,611-1,521; R=0,8758).

“ Bizning tajribamiz shuni ko’rsatadiki, dekstroza infuziyasining konservativ tezligi kasalxonada parenteral oziqlantirish olayotgan katta yoshli semizligi mavjud bo’lgan bemorlarda giperglikemiya havfini minimallashtiradi, semizlik – parenteral oziqlantirishning dastlabki 1 va 2 kunlarida giperglikemiya epizodlariga olib keluvchi mustaqil omil bo’lib hisoblanmaydi” – deydi doktor Bingem.

Uning qo’shimcha qilishicha, tashkilotning ko’rsatmalariga binoan parenteral oziqlantirish olayotgan bemorlarning qondagi glyukoza kontsentatsiyasining har 4 – 6 soatda nazorat qilinishi ham giperglikemiya ko’rsatkichlarining oshmasligiga ta’sir qilgan.

Bog'liq yangiliklar