Havola: Ibrohim El Ebrashi, Misrdagi real sharoitlarda insulin terapiyasida Vildagliptin yoki Vildagliptin/Metformin kombinatsiyasining diabetning nazorat qilinmaydigan 2-turiga chalingan bemorlarda insulin qabul qilishida samaradorligi, xavfsizligi va bardoshliligi: Tadqiqot OMEGA, Diabetes Res Clin Pract.2020 Apr;162:108042. doi: 10.1016/j.diabres.2020.108042.
Maqsad:
Misrdagi real sharoitlarda insulin terapiyasida Vildagliptin yoki Vildagliptin/Metformin kombinatsiyasining diabetning (QD2) nazorat qilinmaydigan 2-turiga chalingan bemorlarda insulin qabul qilishidagi samaradorligi, xavfsizligi va bardoshliligini baholash
Tadqiqot rejasi:
Ushbu 12 haftalik istiqbolli kuzatuv tadqiqotiga QD2 bo’lgan bemorlar kiritildi. Birlamchi yakuniy nuqta glikatlangan gemoglobinning (HbA1c) boshlang’ichdan 12-haftaga qadar o’rtacha o’zgarishi edi. Ikkilamchi so’nggi nuqtalar tana vaznining o’rtacha o’zgarishini, insulin dozasini va 12 haftadan keyingi xavfsizlikni o’z ichiga oladi.
Natijalar:
A. Vildagliptin va vildagliptin/metformin bilan davolash guruhida 12-haftada HbA1c darajasida sezilarli pasayish kuzatildi. (1-rasm)

1-rasm
- 12-haftada vildagliptin/metformin guruhida bemorlarning 27,1% HbA1c <7% ga va vildagliptin guruhida 11,1% ga erishgan (2-rasm).

2-rasm
Ikkala vildagliptin/metformin guruhida 12-haftada bemorlarning tana vaznida pasayish kuzatildi (p = 0,0055) (3-rasm).

3-rasm
Vildagliptin/metformin guruhida insulinning sutkalik dozasi sezilarli darajada pasayishi (p<0,0001) kuzatildi (4-rasm).

4-rasm
Har ikki guruhda ham nahorga va ovqatdan keyin glyukoza darajasining sezilarli pasayishi kuzatildi.
Nahorga (och qoringa) qon plazmasidagi glyukoza darajasi:
- Vildagliptin: 52,7 ± 62,3 mg/dl (р=0,0023)
- Vildagliptin / metformin: 51,43 ± 41,7 mg/dl (р=0,0001)
PPG (ovqat qabul qilgandan keyingi glyukoza):
- Vildagliptin: 73,3 ± 91,3 mg/dl (р=0,0034)
- Vildagliptin / metformin: 51,43 ± 41,7 mg/dl (р=0,0001)
Tadqiqot davomida jiddiy yon ta’sirlar kuzatilmadi
Xulosa
Vildagliptin metformin bilan/metforminsiz insulinga qo’shimcha sifatida glikemiyani nazorat qilish samaradorligini aniqladi va hech qanday gipoglikemik hodisalarsiz yaxshi muhosaba qilindi.