Havola: Mele, A., Cerminara, E., Häbel, H. va boshqalar. Sepsisdagi suyuqlikning to’planishi va asosiy buyrak nojo’ya hodisalari: ko’p markazli kuzatuv tadqiqotichilar Ann. Intensiv terapiya 12, 62 (2022). https://doi.org/10.1186/s13613-022-01040-6
Vaziyat
Sepsis bilan og’rigan reanimatsiya bo’limida (RB) bemorlarda suyuqlikning erta to’planishi buyraklarning salbiy oqibatlari uchun xavf omili bo’lish-bo’lmasligi aniq emas. Biz to’planib boradigan suyuqlik balansi va buyrak faoliyatining asosiy nojo’ya hodisalarni (30BANH), bu bemorlardagi o’lim, dializ yoki doimiy buyrak faoliyati buzilish holatlari bilan bog’liqligini 30 kun davomida o’rgandik.
Usullari
Biz Shvetsiyaning Stokgolm shahridagi uchta kasalxonada beshta intensiv terapiya bo’limiga yotqizilgan 1834 septik bemorlarda ko’p markazli, retrospektiv kuzatuv tadqiqotini o’tkazdik. Biz intensiv terapiya bo’limida dastlabki ikki kun davomida to’planib boradigan suyuqlik balansi va demografik omillar, yondosh kasalliklar, boshlang’ich kreatinin, kasallikning og’irligi o’zgaruvchilari, gemodinamik xususiyatlar, xlorid ta’siri va nefrotoksik dori ta’siriga moslashtirilgan 30BANH ning keyingi xavfi o’rtasidagi bog’liqlikni baholash uchun logistik regressiya tahlilidan foydalandik. Biz nisbiy ahamiyat tahlili yordamida muhim ta’sir o’zgaruvchilarning kuchini baholadik.
Natijalar
Umuman olganda, 30 kun ichida buyrakning nojo’ya faoliyati 30BANH 519 (28,3%) ta bemorda rivojlangan. To’planib boradigan suv balansining medianasi (KAD) 30 kundan ko’p vaqt ichida buyrakning nojo’ya faoliyatli 30BANH guruhida 5,3 (2,8–8,1) L va 30 kundan ko’p vaqt ichida buyrakning nojo’ya faoliyati bolmagan 30BANH guruhida 4,1 (1,9–6,8) L ni tashkil etdi, reanimatsiya uchun mo’ljallanmagan suyuqliklar bilan har bir guruhda yuborilgan suyuqlikning umumiy hajmining taxminan yarmini tashkil qiladi. 30 kun ichida buyrakning nojo’ya faoliyati bo’lgan 30BANH uchun belgilangan imkoniyatlar to’planib boradigan suyuqlik balansining litri uchun 1,05 (95% CI 1,02-1,09) nisbatda edi. Nisbiy ahamiyat tahlili bo’yicha, 30 kun ichida buyrakning nojo’ya faoliyati 30BANH bilan bog’liq eng kuchli omillar, kamayish tartibida, asosiy kreatinin, to’planib boruvchi suyuqlik balansi va yosh edi. Natijalarning ikkilamchi tahlilida dializ yoki doimiy buyrakning buzilgan faoliyati uchun tuzatilgan imkoniyat to’planib boradigan suyuqlik balansining litri uchun 1,06 (95% CI 1,01-1,11) nisbatni tashkil etdi. Alohida sezuvchanlik tahlillarida siydik chiqarishning pastligi va buyrakning erta o’tkir shikastlanishi nisbatan 30BANH bilan mustaqil ravishda bog’liq bo’lib, suyuqlikni yuqori iste’mol qilish esa bunday emas edi.
Xulosa
Sepsis bilan og’rigan bemorlarda RBda 2 kun o’tgandan so’ng yuqori to’plangan suyuqlik balansi 30 kun ichida buyrakda katta nojo’ya hodisalar, jumladan o’lim, buyrakni almashtirish talabi yoki doimiy buyrak disfunktsiyasi rivojlanishi bilan bog’liq edi.