Havola: Kun DerLin va boshqalar, Qandli diabetning 2-turida (QD2) glikemik nazorat bilan depressiya va parasimpatik faollashuvning bog`liqligi, Journal of Diabetes and Its Complications (JDC), Murojaat sanasi: 2022 yil 12 yul, 108264, https://doi.org/10.1016/j.jdiacomp.2022.108264
Maqsad
Qandli diabetning 2-turi bilan og’rigan bemorlarda vegetativ asab tizimining (VAT-VNS) disfunksiyasi kuzatilgan va depressiv yoki tashvish belgilari bilan birga keladigan kasalliklar glikemik nazoratning yomonligi bilan bog’liq. VNS indeksi sifatida elektrokardiogrammadan (EKG) aylantirilgan yurak ritmining o’zgaruvchanligi (VSR) dan foydalanilgan. Tadqiqotning maqsadi qandli diabetning 2-turi bilan og’rigan bemorlarda depressiya, tashvish, VSR va glikemik nazorat o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganish edi.
Asosiy ma`lumotlar
- Depressiya va glikatlangan gemoglobin (HbA1c) darajalari o’rtasida ijobiy bog`liqlik kuzatilgan.
- Depressiya parasimpatik faollashuv (InHF) va HbA1c o’rtasida vositachilik qiladi.
- Simpatik faollashuv, parasimpatik faollashuv va depressiya HbA1c darajasini bashorat qilishga imkon berdi.
Usullar
9-sonli bemor salomatligi so’rovnomasi (PHQ-9) va 7-sonli umumiy tashvish buzilishi so’rovi (GAD-7) qandli diabetning 2-turiga chalingan 647 bemorda (o’rtacha yoshi 63 ± 10 yil, 56% erkaklar) depressiv va tashvish belgilarini baholash uchun qo`llanailgan. EKG dastlabri signallari o’tirish va dam olish holatida 5 daqiqali boshlang’ich chiziqda olingan, keyin VNS faollashuvi bilan bog’liq VSR o’lchovlariga aylantirilgan. Qondagi glyukoza va lipid darajalari, shu jumladan glikatlangan gemoglobin (HbA1c), yuqori zichlikdagi lipoproteinlar (LPVP), past zichlikdagi lipoprotein (LPNP) va triglitseridlar elektron tibbiy yozuvlaridan olingan.
Natijalar
Ishtirokchilarning 99 nafarida (15%) depressiya alomatlari, 59 nafarida (9%) tashvish alomatlari bor edi. Depressiya va HbA1c darajasi parasimpatik faollashuv bilan salbiy bog’liq edi. Depressiya va tashvish simpatik asab tizimining faollashuvi bilan ijobiy bog’liq edi. Demografik ma`lumotlar va lipid profilini o’zgartirgandan so’ng, depressiya HbA1c darajasining muhim ijobiy prognozchisi bo`ldi; va VSR indekslari (InLF va InHF) HbA1c darajasining muhim salbiy prognozi faktorlari edi. Vositachilik ta’sirini tahlil qilish shuni ko’rsatdiki, depressiya parasimpatik faollashuv va glikemik nazorat o’rtasidagi vositachidir.
Xulosa
Pastroq parasimpatik faollashuv va ruhiy tushkunlikning yanada og’ir belgilari qandli diabetning 2-turi bilan og’rigan bemorlarda glikemik nazoratga ta’sir qilishi mumkin. Parasimpatik faollikni oshirish va depressiyani kamaytirishga qaratilgan terapiya dasturlari potentsial klinik foydalanish uchun glikemik natijalarga ta’siri o`rganish uchun qo’shimcha sinovdan o’tkazilishi mumkin.