Ilova: Raman S. va boshq., Randomlangan klinik tekshiruv SPLIT-P, JAMA Pediatr. Tarmoqda 19 dekabrь 2022 yil nashr qilingan.doi:10.1001/jamapedaitrcs.2022.4912
Ahamiyati: Intensiv terapiyaning pediatriya bo’limidagi (PICUs) aksariyat bolalar vena ichiga suyuqliklar olishadi. Yaqinda o’tkazilgan tizimli tekshiruv shuni ko’rsatdiki, muvozanatlashgan eritmalarni olgan yoshi katta og’ir bemorlarda o’lim ko’rsatkichi 0.9% li natriy xlorid (fiziologik eritma) ga nisbatan yuqori bo’lgan. Kritik holatdagi bolalarga optimal suyuqlik tanlashda klinik jihatdan asoslangan ma’lumotlar mavjud
emas.
Maqsad: Og’ir bolalarda muvozanatlashgan eritmalar fiziologik eritmaga (0.9%) nisbatan solishtirganda qon plazmasidagi xloridlar miqdorining ko’payishini kamaytiradimi, yo’qmi aniqlash.
Dizayn, vaziyat va ishtirokchilar: Ushbu bir markazli randomlashgan ochiq tipdagi 3 ta bo’limli klinik tekshiruv 36 koykaga mo’ljallangan intensiv terapiya bo’limida o’tkazildi. 16 yoshdan kichik PICU ga yotqizilgan va shifokor fikriga ko’ra, vena ichiga suyuqlik yuborishga muhtoj bolalar ishtirok etishga haqli edilar. Bolalar noyabrь 2019 dan aprelь 2021yilgacha tekshiruvdan o’tkazildi.
Aralashuvlar: Ro’yxatdan o’tgan bolalarga 1:1:1 nisbatda glyukonat-atsetat-buferli eritma, laktat-buferli eritma yoki fiziologik eritma vena ichiga suyuqlik sifatida
yuborildi.
Asosiy natijalar va tadbirlar: Randomlangandan so’nggi 48 soat ichida qon zardobida xloridlar miqdorining 5 mekv/l yoki undan ko’proq ortishi birlamchi natija deb olindi. Buyraklarning birinchi marta o’tkir shikastlanishi, shifoxonada va intensiv terapiya bo’limida qolish davomiyligi hamda intensiv terapiyasiz omon qolish darajasi ikkilamchi yakun deb qabul qilindi.
Natijalar: Umuman olganda, o’rtacha yoshi ( IQR) 3.8 (1,0-10,4) 516 ta bemor randomlandi, 178, 171 va 167 tasi mos holda glyukonat-atsetat-buferli eritma, laktat-buferli eritma yoki fiziologik eritmaga taqsimlandi. Qon zardobidagi xlorid darajasi 5 mekv/l yoki undan ortiqqa 37 ta bemorda (25.2%), 34 ta bemorda (23,9%) va 5/8 ta bemorda (40%) glyukonat-atsetat-buferli eritma, laktat-buferli eritma yoki fiziologik eritma guruhlarida oshdi. Plazmada xloridlar darajasining 5 mekv/l yoki undan ortiqqa oshishi ehtimoli fiziologik eritmaga solishtirganda glyukonat-atsetat-buferli eritma qo’llanilganida 2 baravarga kamaydi (imkoniyatlar nisbati 0.50 [95% Cl 0.31-0.83]; R =0,007) va fiziologik eritmaga nisbatan laktatli bufer qo’llanilganida (imkoniyatlar nisbati 0.47 [95% Cl 0.28-0.79]; R =0,004).
Buyraklarning birinchi marta o’tkir shikastlanishi10 ta bemorda (6,1%), 6 ta bemorda (3,7%) va 5ta bemorda (3,2%) mos holda glyukonat-atsetat-buferli eritma, laktat-buferli eritma yoki fiziologik eritma guruhlarida kuzatildi.
Xulosa va dolzarbligi: Vena ichiga suyuqlik terapiyasi sifatida yuborilgan muvozanatli eritmalar (glyukonat-atsetat-buferli eritma, laktat-buferli eritma va fiziologik eritmasi) PICU dagi bolalarda fiziologik eritma bilan solishtirganda plazmadagi xlorid darajasining ko’tarilish chastotasini kamaytiradi.