Ilova: https://www.pharmacypracticenews.com/Online-First/Article/05-22/Reluctance-to-Prescribe-Supplemental-Nutrition-to-COVID-19-ICU-Patients/67144
Аmerika parenteral va enteral oziqlantirish jamiyati (ASPEN) 2022 ilmiy-amaliy konferentsiyasida o’tkazilgan so’rovnoma natijalariga ko’ra, og’ir kasal bo’lgan Covid-19 bemorlariga erta enteral oziqlantirish va parenteral oziqlantirish berilishining afzalliklariga qaramay, ko’plab shifokorlar buni bajarishni istamaydilar.
Sent-Luisdagi Barnes-Jewish kasalxonasi shifokori, klinik oziqlantirish bo’yicha ilmiy xodim Bet Teylor va uning hamkasblari Covid-19 intensiv terapiya bo’limidagi 199 shifokor va dietologlardan so’rovnoma o’tkazilishi natijalariga ko’ra, so’ralganlarning 9%i bemorlarining energiya va oqsilga bo’lgan ehtiyojini o’z vaqtida ta’minlanganliklari aniqlandi.
Biroq bu oziqlantirish yetishmovchiligi “bemorlarning oziq moddalarini o’zlashtirmasligi natijasi emas, balki ularni to’liq oziqlantirilmaganligi sababli kelib chiqgan”- deydi doktor Teylor.
Masalan, respondentlarning 75%i bemorlarning oziqlantirishdagi ehtiyojlarini kasalliklarini kechishi noaniq bo’lganligi sababli qoniqtira olinmaganligini ta’kidlab o’tdilar. Hattoki holati “stabil” hisoblangan va vaqtida oziqlantirish bilan qo’llab quvvatlangan bemorlarda ham, to’satdan ahvollarining yomonlashuvi aniqlanib, bu esa energiya va oqsil yetishmovchiligiga olib kelgan. Ularning so’zlariga qaraganda: bunday holat ro’y berganida, oziqlantirishni bemorning holatiga mos ravishda korrektsiya qilish o’rniga, enteral oziqlantirishdan voz kechish istagi tug’iladi.
Parenteral oziqlantirishdan foydalanishni xoxlamaslikning aksariyati natijalarning yomonlashuviga olib kelishidan havotirlik bilan bog’liq. Doktor Teylorning so’zlariga qaraganda, Covid-19 dan avvalgi davrda o’tkazilgan yirik randomizatsiyalangan nazorat ostida o’tkazilgan tadqiqotlar natijasi intensiv terapiya bo’limidagi bemorlardda erta enteral va parenteral oziqlantirish orasida infektsiya, sepsis va boshqa asoratlar havfi o’rtasida deyarli farq bo’lmaganligini ko’rsatdi (Lancet 2018;391[10116]:133-143).
“Parenteral oziqlantirishdan foydalanish bilan bog’liq havf va foyda bilan bog’liq jiddiy noto’g’ri fikrlar va shaxsiy qarashlar mavjud, masalan: giperglikemiya havfi, biz bunday holatlarni me’yoridan ortiq kaloriyani bermaslik va glikemiyani erta nazorat qilish bilan uddalaymiz”.
Biz bunday noto’g’i fikrlar va qarashlarga qarshi kurashishimiz va erta enteral oziqlantirish va qo’shimcha parenteral oziqlantirishni qo’llab quvvatlashimiz kerak – deydi doktor Teylor.
U, “Covid-19 Intensiv terapiya bo’limida bemorlarning oziqlantirishni qo’llab quvvatlashda uslubiy yondoshuv” va “optimal parvarish qilish uchun oziqlantirishni boshqarish bo’yicha yangilangan ko’rsatmalar” zarur ekanligini ta’kidladi.
Doktor Teylor davom etayotgan pandemiya bosimini hisobga olgan holda bu oson ish emasligini tan oldi. “Covid-19 pandemiyasi boshlangandan beri zarbalarga dosh berdik va shu bilan birga intensiv terapiya bo’limida Covid-19 bemorlarini qanday qilib yaxshi davolashni ham o’rganishimiz kerak edi”-deydi u.
O’sha dastlabki kunlarda doktor Teylor va uning hamkasblari Covid-19 kasallari intensiv terapiya bo’limiga qabul qilingandan so’ng darhol oziqlantirish kerakligini tushunishdi. “Bu virusli kasallikda kasallik jarayoni uzoq kechishini hisobga olib, qo’shimcha parenteral oziqlantirishni erta boshlash haqida o’ylashimiz kerak”- deydi u.
Darhaqiqat, 2020 yilning boshida e’lon qilingan tavsiyalar (J Parenter Enteral Nutr 2020;44[7]:1174-1184) – va shu vaqtdan beri yangilanayotgan ma’lumotlar intensiv terapiya bo’limiga tushgan bemorga enteral oziqlantirishni 24-36 soatda boshlashni, agar bemor enteral oziqlantirishni ko’tara olmasa, darhol parenteral oziqlantirishga o’tkazishni qat’iy tavsiya etadilar. Ushbu ko’rsatmalar intensiv terapiya bo’limi bemorlari orasida erta oziqlantirishning muhimligini aks ettiradi, ushbu strategiya kechiktirilgan oziqlantirishga nisbatan o’lim havfini 55%ga kamaytiradi (Crit Care Med 2018;46[7]:1049-1056).