Havola: A. Ma, M. Dong, J. Cheng va boshqalar, Intensiv Tibbiyot jurnali 3 (2023) 65–72, https://doi.org/10.1016/j.jointm.2022.05.006
Intensiv Terapiya Bo‘limi (ITB) kasalxona ichi infeksiyalaridan eng zararlangan bo‘lim hisoblanib, u yerdagi bir qator travmatik muolajalar o‘limga olib keluvchi infeksiyalar rivojlanishiga sabab bo‘ladi. O‘pkaning sun’iy ventilyasiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan pnevmoniyalar, arterial va venoz punksiyalar, katetr bilan bog‘liq qon oqimi infeksiyalari, teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalari, traxeotomiyadan keyingi ikkilamchi jarohatlar kasalxona ichi infeksiyalariningasosini tashkil qiladi. Bu infeksiyalarning yarmini grammusbat mikroorganizmlar keltirib chiqaradi.Intensiv terapiya bo‘limida grammusbat mikroorganizmlarning ko‘pchilik dori vositalariga bardoshliligining oshib borishi, jiddiy muammolarga sabab bo‘ladi.
Intensiv Terapiya bo‘limida ko‘p sonli holatlarda metitsillinrezistent tillarang stafilokokk, metitsillinga sezgir tillarang stafilokokk va vankomitsinga rezistent enterokokk kasallikka va o‘limga olib keluvchi patogenlar hisoblanadi. Shuning uchun Intensiv Terapiya Bo‘limi klinitsistlari grammusbat bakteriyalarning rezistentligi qonuniyatlarini, ularga qarshi bardoshli va samarali antibiotiklarning qo‘llanilishini bilishlari muhimdir. Linezolid – sintetik oksazolidinon antibiotik hisoblanib, vankomitsin rezistent entererokokk chaqirgan infeksiyalarda, metitsillin rezistent tillarang stafilokokk va metitsillin sezgir tillarang stafilokokk chaqirgan kasalxona ichi pnevmoniyalarda, tillarang stafilokokk va streptokokk chaqirgan teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalarida qo‘llanilishi uchun tasdiqlangan. Preparat tabiiy va sun’iy sharoitlarda ko‘rsatilgan mikroorganizmlarga qarshi faollikga ega.
Odatda intensiv terapiya bo‘limida ishlatiladigan yetakchi antibiotiklar sifatida linezolid va vankomitsin ko‘pincha taqqoslanadi. Vankomitsin ko‘pincha birinchi tanlov vositasi sifatida ishlatilsa-da, jigar va buyrak faoliyati bilan bog‘liq nojo‘ya ta’sirlar va ayniqsa buyrakning shikastlanishi uni Intensiv Terapiya Bo‘limi bemorlarida qo‘llashda ma’lum cheklovlarga olib keladi. Linezolid teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyasida va metitsillin rezistent tillarang stafilokokk pnevmoniyasida vankomitsinga qaraganda foydaliroq, shuningdek kasalxona ichi metitsillin rezistent tillarang stafilokokk infeksiyalarida samaraliroq va tejamkor. Bu, shuningdek, vankomitsinga chidamli infeksiya uchun daptomitsin va xinopidinga(boshqalar qatorida) qaraganda samaraliroq bo‘lgan yagona antibiotikdir. Grammusbat bakteriyalarni davolashda linezolidning rolini hisobga olgan holda, ushbu haqiqiy tadqiqot intensiv terapiya bo‘limida og‘ir kasal bemor populyasiyasini va intensiv terapiya bo‘limida linezolid bilan davolangan infeksiyalarni tavsiflash uchun o‘tkazildi . Tadqiqotning maqsadi , shuningdek, intensiv terapiya bo‘limidagi bemorlarda linezolid terapiyasining klinik samaradorligini va Xitoyda ishlab chiqarilgan linezolid havfsizligini baholash edi. Ushbu tadqiqot 52 kasalxonadan ma’lumotlarni to‘pladi va retrospektiv tahlilni o‘tkazdi, shunda shifokorlar antibiotiklarni yaxshiroq buyurishlari mumkin edi. Patogen infeksiya bilan kasallanganda klinik natija: Metitsillinga rezistent tillarang stafilokokk;metitsillinga sezgir tillarang stafilokokk; teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari; vankomitsinga chidamli enterokokklar; vankomitsinga sezgir enterokokklar.
Usullar:
Ushbu ko‘p markazli, Real dunyoda kuzatuv tadqiqotlari 2018 yil 9 iyundan 2019 yil 28 dekabrgacha bo‘lgan davrda 52 kasalxonada o‘tkazildi. Quyidagi inklyuziya mezonlariga javob bemorlar kiritilgan: (1) Intensiv Terapiya Bo‘limiga qabul qilingan, (2) har qanday yosh guruhi va (3) grammusbat bakterial infeksiyasining klinik yoki laboratoriya tashhisi qo‘yilgan.
Klinik samaradorlik muvaffaqiyatli (davolangan yoki yaxshilangan), muvaffaqiyatsiz yoki baholanmaydigan deb tasniflangan. Davolash paytida noxush hodisalar va jiddiy yondosh ta’sirlar qayd etilgan.
Natijalar:
Hammasi bo‘lib, inklyuziya mezonlariga javob beradigan 366 ITB bemorlari baholandi. Linezolid mos ravishda 232 (63,4%) va 134 (36,6%) bemorlarda ikkinchi va birinchi davolash usuli sifatida ishlatilgan.Eng keng tarqalgan va ajratilgan shtamm tilla rangli stafilokokk edi. (metitsillinga chidamli tilla rang stafilokokk: n=37/119, 31,1%; metitsillinga sezgir stafilokokk pnevmoniya: n=15/119, 12,6%); undan keyin enterokokklar (vankomitsinga chidamli enterokokklar: n=8/119, 6,7%; vankomitsinga sezgir enterokokklar: n=11/119, 9,2%) va streptokokk pnevmoniya (ko‘p dori qarshiligi: n=4/119, 3,4%; ko‘p dori qaro‘iligiga ega emas: n=2/119, 1,7%). Patogenlar topilgan infeksiyaning asosiy o‘choqlari o‘pka (n=216/366, 59,6%), teri va yumshoq to‘qimalar (n=104/366, 28,4%) va qon (n=50/366, 13,7%) edi. Klinik muvaffaqiyatga 301 (82,2%) bemorda erishildii; 34 (9,3%) davolandi va 267 (73,0%) yaxshilandii; mos ravishda29 (7,9%) va 36 (9,8%) bemorlarda davolanishning muvaffakiyatsizligi va baholanmaydigan natijalar kuzatildi. Linezolid bilan bog‘liq noxush hodisalar 8 (2,2%) bemorda qayd etildi. Davolanish bilan bog‘liq jiddiy yondosh ta’sirlar haqida xabar berilmagan.
Hulosa:
Reanimatsiya bo‘limida grammusbat bakterial infeksiyalarni davolash juda muhim va bemorlarning klinik xususiyatlariga qarab tegishli antibiotiklarni tanlash tahlillashning kalitidir.
Haqiqiy natijalarga asoslanib, linezolid og‘ir bemorlarda grammusbat bakterial infeksiyalarni davolashda samarali va havfsiz ekanligi aniqlandi.
Linezolid tillarang stafilokokk sabab bo‘lgan o‘pka infeksiyalari yoki teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari uchun eng yaxshi klinik muvaffaqiyatni ko‘rsatdi. Bizning natijalarimizga ko‘ra Intensiv Terapiya bo‘limi shifokorlariga dori-darmonlarni tanlash bo‘yicha tavsiyalar beradi. Ammo ushbu tadqiqotning cheklovlari, shu jumladan namuna hajmi bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli, klinikada linezolidni ishlatishdan avval shifokorlar bemorning ahvolini alohida baholashlari kerak. Bundan tashqari , ular qabul paytida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlardan ehtiyot bo‘lishlari kerak.