Ilova: Eynav.L va boshqalar (IYK) bor bemorlarda oziqlantirish yetishmovchiligidagi havf omillari, Oziq moddalar 2021,13,40986. https:/doi/10.3390/nu 13114098
Ichakning yallig’lanish kasalliklari (IYaK)da oziqlanishning yetishmovchiligini tarqalishi IYaKning turiga, kasallikning klinik kechishi va faolligiga qarab 6,1%dan 69,7%gacha yetadi. To’liq ovqatlanmaslik va sarkopeniya yomon klinik natijalar, gospitalizatsiya, davolashning hayot sifatiga ta’siri bilan bog’liqdir. Gospitalizatsiya qilingan bemorlar orasida to’liq oziqlantirmaslik – venoz tromboemboliya, rejadan tashqari operatsiyalar,kasalxonada yotish kunini uzayishi va o’lim ko’rsatkichiga olib keluvchi mustaqil omil hisoblanadi. Ichakning yallig’lanish kasalliklari bor bo’lgan bemorlarda oziqlantirish yetishmovchiligi va u bilan bog’liq asorat va xavflarni keng tarqalganligi tufayli bunday kasalliklarni erta aniqlash muhim ahamiyatga ega. Ichak yallig’lanish kasalliklarida tashhis qo’yilayotgan va tekshiruv o’tkazilayotgan vaqtda to’liq oziqlantirmaslik omillariga e’tibor berish va oziqlanish yetishmovchiligining birlamchi va ikkilamchi profilaktikasini o’tkazish kerak. Oziqlantirish yetishmovchiligi havfini skrining qilishning eng keng tarqalgan va amalda qo’llaniladigan usullaridan biri bu – tana vazni indeksini aniqlash, qisqa vaqt ichida vazn yo’qotish va oziq moddalarning yetarli darajada iste’mol qilmaslikni tekshirilishini o’z ichiga olgan Universal Oziqlantirish Yetishmovchiligini tekshiruvchi vositasi (MUST)dan foydalandik. Undan tashqari boshqa tekshiruv vositalari kasalxonaga yotkazilgan bemorlarda qo’llaniladi, bulardan: to’liq oziqlantirmaslikni tekshiruv vositasi ( MST), geriatrik bemorlar uchun qisqa oziqlanishni baholash (MNA–SF), og’ir ahvoldagi bemorlar uchun oziqlantirish havfini tekshiruvi (NRS-2002) mavjud, va bu tekshiruv parametrlari to’liq oziqlanmaslik klassifikatsiyasini baholashuchun raqamli ballni berishda yordam beradi. Ichakning yallig’lanishi kasalligi bilan og’rigan bemorlarda oziqlanish statusini buzilishining qo’shimcha sabablariga: kasallikning kechishi belgilari, malьabsorbtsiya, ichaklarda oziq moddalarning yo’qotilishi, asosiy energiyaning ko’p sarf etilishi ba’zi bir dori vositalari kiradi. Undan tashqari bemorning ovqatlanishdan bosh tortishi, uzoq davom etuvchi chegaralangan parhezlar tibbiy muolaja olayotgan vaqtda ochlik hissini kuchayishiga sabab bo’ladi. Shunday qilib, to’liq ovqatlanmaslik va sarkopeniya ichak yallig’lanish kasalliklarining remissiya bosqichida ham uchrashi mumkin. Ichak yalig’lanish kasalliklariga xos bo’lgan bunday oziqlanish yetishmovchiligi faktorlari yuqorida keltirilgan tekshiruv vositalarida kiritilmadi. Shuning uchun biz ichak yallig’lanish kasalliklari bilan bog’liq bo’lgan umumiy belgilarni ovqatlanish yetishmovchiligini rivojlantiruvchi havfini aniqlashga harakat qildik.
Usullar: Tel-Аviv tibbiyot markazining ichak yallig’lanish kasalliklari klinikasida 2020-2017 yillar davomida yiliga ≥2 ketma-ket shifokorga murojaat uchun kelgan bemorlar orasidagi holatni tekshirish bo’yicha retrospektiv tadqiqot. Normal ovqatlanish holatiga ega va tashriflar orasida yetarli ovqatlanmaslik kuzatilgan bemorlar nazorat guruhlarida taqqoslandi. Batafsil ma’lumotlar quyidagi tibbiy fayllardan olingan: demografik ma’lumotlar, kasallikning fenotipi, xususiyati va faolligi, ovqatlanish ratsionining buzilishi va yondosh kasalliklar, kasallik tarixi va xirurgik aralashuvlar, yillik tibbiy yordam, oziq-ovqat iste’moli va ovqatlanish yetishmovchiligini skrining universal vositasini baholash(MUST). Yetarli ovqatlanmaslik havf faktorini aniqlash uchun bir faktorli va ko’p faktorli tahlillardan foydalanilgan. Ichak yallig’lanish kasalligi uchun (IBD-MR) to’liq ovqatlanmaslik havfini hisoblash maqsadida aniqlangan mustaqil havf omillari umumlashtirildi.
Natijalar: Ichak yallig’lanish kasalligi bilan kasallangan 1596 bemorning ma’lumotlari tadqiqotning dastlabki mezonlariga javob berdi.Ulardan 59 bemorda ovqatlanish yetishmovchiligi rivojlandi va ular (n=59) holat sifatida qayd etildi va nazorat guruhi (n=59) bilan taqqoslandi. Shifokor bilan maslahatlar oralig’i 6,2 ± 3,0 oyni tashkil etdi, shu vaqt ichida bemorlar 5,3 ± 2,3 kg tana vaznini yo’qotdilar va nazorat guruhi 0,2 ± 2,3 kg tana vaznini to’pladilar (p < 0,001). Kasallik holatlari va nazorat guruhi demografik ko’rsatkichlari, kasallikning davomiyligi, kasallik fenotipi yoki kasallik tarixi bo’yicha farq qilmadi. Ichak yallig’lanish kasalligi bilan bog’liq bo’lgan oziqlanish yetishmovchiligi uchun mustaqil xavf omillari quyidagilar edi: 18,5 ≤ BMI ≤ 22 kg / m2 (OR = 4.71, 95% CI 1.13–19.54), yillik tibbiy yordamning yuqori foydasi (OR = 5.67, 95% CI 1.02–31.30) va endoskopik kasallik faolligi (OR = 5.49, 95%CI 1.28-23.56). IBD–MR MUST balldan qat’iy nazar, ovqatlanish yetishmovchiligining rivojlanishi bilan ijobiy bog’liq edi (OR = 7.39, 95% CI 2.60-20.94). Indeks tashrifi davomida aniqlangan MUST ballari past bo’lgan bemorlar orasida ≥2 IBD-MR omillarini aniqlash ovqatlanish yetishmovchiligining rivojlanishi bilan chambarchas bog’liq edi. (OR = 8.65, 95% CI 2.21–33.82, p = 0.002). (4)
Xulosa: Biz, ma’lum bir kasallik uchun ovqatlanish yetishmovchiligi xavfini aniqlashga yordam beradigan ovqatlanish yetishmovchiligi skrining vositasiga ehtiyoj borligini ta’kidlagan holda, IBD bilan bog’liq ovqatlanish yetishmovchiligi uchun xavf omillarini aniqladik.