1-tip qandli diabetga chalingan qizlarda o’g’il bolalarga qaraganda yomonroq kardiometabolik ko’rsatkichlar bo’lishi mumkin

Bugun Endokrin jurnalidan moslashtirilgan  Erin T. Uels, MA, 2022-yil, 23-Sentyabr

Manba: de Vries SAG, et al. Abstract #469. Taqdim etilgan: Diabetni o’rganish bo’yicha Yevropa Assotsiatsiyasi yillik yig’ilishi; 2022 yil 19-23 sentyabr; Stokgolm (gibrid yig’ilishi).

Evropa qandli diabetni oʻrganish assotsiatsiyasi yillik yigʻilishida doklatchilarning soʻzlariga koʻra, tadqiqotlar 1-tip qandli diabetga chalingan bolalar oʻrtasida jinsiy farqlarni kuzatishgan.

1-tip qandli diabetga chalingan qizlarda boshqa natijalar qatorida o’g’il bolalarga qaraganda HbA1c, tana massa indeksi (TMI) va insulin dozasi yuqori bo’lgan.

«Biz kasallikning yoshroq yoshdan boshlanishida yurak-qon tomir asoratlarini oshirishini va umr ko’rish davomiyligining pasayishi bilan bog’liqligini ta’kidladik. Bu esa bemorlarda erta yoshda allaqachon mavjud bo’lgan xavf omillarini aniqlashni juda muhim ahamiyat kasb etadi», dedi Amsterdam universiteti tibbiyot markazlarining qon-tomir tibbiyoti bo’limining Magistr, Tibbiyot fanlari nomzodi Silviya A. G. de Vries taqdimot chog’ida. «Biz, shuningdek, 2-tip qandli diabetga o’xshash, 1-tip qandli diabetda yurak-qon tomir kasalliklari xavfi katta ekanligini va kattalar ayollarida o’lim bilan bog’liqligini bilamiz. Ammo, bolalar jinsini natijalarga ta’siri qandayligi – biz bilmagan narsa.»

2021-yil 15-iyungacha bo‘lgan Medline yozuvlaridan tadqiqotchilar 90ta kuzatuv tadqiqotlarini aniqladilar. Tadqiqotlarda QD 1-tipi bor bolalar va jinsi e’tiborga olingan. Tadqiqotlarga ma’lumotlar klinik bemor profillari bo’lgan 30 ta, glikemik nazorat to’g’risidagi ma’lumotlar bilan 25 ta, davolash to’g’risidagi ma’lumotlar bilan 14 ta, asoratlar to’g’risidagi ma’lumotlar bilan 20 ta, koorbidlar to’g’risidagi ma’lumotlar bilan 14 ta va hayot sifati to’g’risidagi ma’lumotlarga ega bo’lgan 15 tasi kiritildi.

Aksariyat tadqiqotlarda TMI, dislipidemiya, HbA1c va insulin dozasi barcha yosh toifalaridagi qizlar orasida yuqori bo’lgan. Insulin pompa terapiyasi oʻgʻil bolalarga qaraganda qizlar tomonidan koʻproq qoʻllanilgan. Tadqiqotchilar, shuningdek, qizlar o’rtasida diabetik ketoasidoz diagnostikasi, kasalxonaga yotqizish va hayot ko’rsatkichlarining pastligi ehtimoli yuqori ekanligini kuzatishdi. Biroq o’g’il bolalar qiz bolalarga qaraganda ko’proq gipoglikemiya va qisman remissiyani boshdan kechirgan. De Vriesning so’zlariga ko’ra, bu farqlar ortidagi sabablar biologik bo’lishi mumkin, shu jumladan balog’atga yetish, tana tuzilishi va yog’ taqsimotida gormonlar farqlari; psixologik, shu jumladan kasallik bilan bog’liq munosabat va xatti-harakatlar; jismoniy mashqlar, ovqatlanish va simptomlarni namoyish qilish kabi xulq-atvor; va davolash guruhi va g’amxo’r yondashuvining ta’siri.

Bog'liq yangiliklar